Buxorodagi suv toshqinlari boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Joriy yilning 9 aprel kuni soat 04:00 da boshlangan surunkali yomgʻir yogʻishi natijasida, Buxoro shahrining “Amirobod”, “Hofiz Tanish Buxoriy”, “Rohat”, “Chorboqoli”, “Mirzo Gʻofur”, “Havzinav”, “Ozod”, “Nizomiy”, “Tursunoy”, “Kamolot”, “Tinchlik”, “Yangiobod”, “Tagband Bofon”, “Furqat” “Xoʻja Porso” koʻchalari shuningdek, Buxoro tumani “Sheyxoncha” koʻchasiga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatildi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Bundan tashqari, “Havzinav” koʻchasi 21-uy, Amirobod koʻchasidagi 13-uy, “Boʻri Bofon” koʻchasidagi 23-uy, “Obod” koʻchasidagi 74-uy, “Rohat” koʻchasidagi 31-uy, “Koʻchabogʻ” koʻchasidagi 20-uy, “Toshkoʻcha” koʻchasidagi 80-uy, “Mirzo Gʻofur” koʻchasidagi 19-uy, “Mustaqillik” koʻchasidagi 32-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etildi.
Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yongʻin xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Buxoro shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat ”Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.
Mazkur holatlarda binolarning qulashi va fuqarolarning tan jarohati olishi bilan bogʻliq holatlar kuzatilmadi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: