Buxorodagi kanalizatsiya tizimida ishlayotgan 3 nafar fuqaro zaharlanib vafot etdi. Yana bir kishi esa shifoxonada

18:41 24 Iyul 2020 Jamiyat
335 0

2020-yil 24-iyul kuni taxminan soat 11:00 larda “Buxoro maxsus suv koʻrilish” MCHJ xodimlari Buxoro viloyati, Buxoro shahar A.Jomiy koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini shaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulash ishlarini olib borayotgan vaqtida, ishchilar 47 yoshli A.K. va 45 yoshli S.B. quvurlarni montaj qilish jarayonida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlangan. Buning oqibatida sogʻligining yomonlashganligi sababli hushidan ketgan. Shu bois ularning sherigi 27 yoshli Z.Sh. ularga yordam berish maqsadida kanalizatsiya quvuriga tushgan. Bu vaqtida u ham kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib hushidan ketgan. Buni koʻrgan ularning yana bir sherigi 41 yoshli S.A., yordam berish maqsadida ushbu quvurga tushib zaharlanishdan hushidan ketgan. Atrofda toʻplangan aholi tomonidan faqatgina S.A.gina qutqarib qolingan boʻlib, uning sheriklari 47 yoshli A.K., 45 yoshli S.B. va 27 yoshli Z.Sh.lar esa hodisa joyida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib vafot etgan.

Hozirda fuqaro S.A., shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joyiga tergov guruhi chiqib, voqea joyini koʻzdan kechirib, tergov oldi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?