Buxoroda jahon chempioniga uy sovgʻa qilindi

11:12 14 Avgust 2019 Sport
112 0

Joriy yilning iyul oyida Bolgariyada boʻlib oʻtgan sport kurashlari boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi Umidjon Jalolovga viloyat hokimi Oʻ. Barnoyev tomonidan Buxoro shahrida barpo etilgan zamonaviy uy kaliti topshirildi.

Umidjon mamlakatimizning umidli sportchilaridan sanaladi.Yosh hamyurtimiz erkin kurashga alohida mehr qoʻygan.Xalqaro turnirlarda 17-marta gʻolib chiqqan.Osiyoning ikki karra chempioni.U Argentinada 2018-yilda oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlarida ham shohsupaning yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan edi.

-Bu eʼtibordan juda xursandman,- deydi Umidjon.- Har gal gilamga tushganimda yurtdoshlarimizning menga xayrixox boʻlib, duolar qilib turishganini his etaman.Bu menga kuch bagʻishlaydi.Eʼtibor va gʻamxoʻrlikka munosib javob berishga harakat qilaman.Eng katta va muhim gʻalabalari oldinda, deb oʻylayman.

Istam IBROHIMOV,

(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?