Buxoroda tojikistonlik migrantlarni olib ketayotgan avtobus agʻdarilib ketdi

14:03 20 Avgust 2019 Jamiyat
126 0

2019-yil 19-avgust kuni soat 15:37larda Tojikiston Respublikasi fuqarosi, Dushanbe shahri Rudakiy koʻchasida yashovchi 1979-yilda tugʻilgan Baxromiddin Xotamov “Mersedes-Spirinter” rusumli, TJ 77 85 PB 01 davlat raqam belgili mikroavtobusini Buxoro viloyatining Jondor tumani choʻl massivi hududidan oʻtuvchi “Gʻuzor-Nukus” A-380 yoʻlining 368-km.da haydab ketayotgan vaqtida, mikroavtobusning orqa oʻng tomon gʻildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay yoʻl chetiga chiqib agʻdarilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yoʻl-transport hodisasi natijasida 3 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarolari kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonaga yotqizilgan 3 nafar va birlamchi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan yana 5 nafar yoʻlovchilarga hamda haydovchiga tez va malakali tibbiy yordam koʻrsatilishi tashkil qilindi. Qolgan 8 nafar yoʻlovchilar esa hech qanday jarohat olmaganlar. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?