Buxoroda tonna-tonna paxtani qoʻshib yozgan mutasaddilar fosh etildi

18:22 24 Oktyabr 2018 Jamiyat
777 0

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Romitan tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Inspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Aniqlanishicha, Shofirkon tumanidagi “A” fermer xoʻjaligi traktor haydovchisi T.Q. fermer xoʻjaligi mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tirkama ogʻirligini sunʼiy ravishda oshirib, haqiqatda topshirilmagan 1,6 mln. soʻmlik 460 kg. paxtaning ortiqcha hisoblab yozilishiga erishgan.

Shuningdek, tadbirda “A” fermer xoʻjaligi mansabdor shaxslari tirkama ogʻirligini sunʼiy ravishda oshirish yoʻli bilan 2018 yilgi paxta hosilidan aslida topshirilmagan jami 21,4 mln. soʻmlik 4236 kg. paxta xom ashyosini “Shofirkon paxta tozalash” AJ balansiga noqonuniy oʻtkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan “A” fermer xoʻjaligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?