Buxoroda tadbirkorlar tomonidan 35 ta avtobus sotib olindi

12:05 22 Avgust 2019 Jamiyat
85 0

Bugun yurtimizda avtotransport sohasini jadal rivojlantirish, mazkur yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan xoʻjaliklarni modernizatsiya qilish, korxonalar parkini zamonaviy transport vositalari bilan taʼminlash, bu orqali esa joylarda aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Transport vazirligining hududiy boshqarmalari joylarda mahalliy tadbirkorlar bilan ishlab, chekka hududlarda ham jamoat transporti qatnovini tashkil etish, yoʻlovchilarga sifatli va zamon talablari darajasida xizmat koʻrsatishni tashkil etish choralarini koʻrmoqda. Birgina Buxoro viloyatida joriy yilning 6 oyi davomida “Hakimov Inter Avto” MCHJ tomonidan 4 dona zamonaviy katta hajmli YUTONG va ISUZU SAZ NS40 rusumli 16 dona, “Ibrohimbek Trans” MCHJ tomonidan 1 dona YUTONG, 1 dona ASIASTAR, 1 dona GOLDEN DRAGON sotib olindi. Bunday tadbirkorlik subyektlari qatorida “Avtomobil Servis”, “ARK TRAVEL”, “HUSEN SUSANA EXPIDITION”, “OK”DILI-OROM PLAZA”, “IPAK YOʻLI THEATRE OF SILK”, “ABMK FB”, “UZ KOREYa MEDIKAL K.K” MCHJlarni tilga olish mumkin. Shunday qilib viloyatda jami 35 dona avtobus va 14 dona mikroavtobus mahalliy tadbirkorlar tomonidan bank krediti asosida xarid qilindi. Mazkur sotib olingan avtobus hamda mikroavtobuslar shahar hamda shahar atrofi yoʻlovchi tashish yoʻnalishlariga joylashtirildi. Natijada yangi qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?