Buxoroda simob moddasi sotgan shaxslar ushlandi

09:50 30 Iyun 2020 Jamiyat
58 0

Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish doirasida DXX Buxoro viloyati boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasining kontrabanda boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi “O.S.” 540 gr. simob moddasini xaridorga 50 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bundan tashqari, Buxoroda yana shunday bir holatning oldi olindi. Xususan, Jondor tumanida yashovchi “F.X.” 3 kg 60 gr. simob moddasining har bir kilogrammini 4 ming AQSH dollariga sotib, moʻmay daromad topishni reja qiladi. Bu borada unga Romitan tumanida istiqomat qiluvchi “J.R.” vositachilik qiladi.

DXX va Bojxona qoʻmitasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular yuqorida qayd etilgan simob moddasini “Buxoro - Gazli” avtomobil yoʻlida joylashgan avtoturargohda sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?