Buxoroda quyonchilik rivojlanmoqda

09:24 15 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
167 0

Bunda «Mikrokreditbank» ATBning alohida oʻrni bor

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan quyonchilik sohasining takomillashuvi hamda rivoji uchun bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, joriy yil mobaynida Buxoro viloyatida quyonchilik sohasi boʻyicha jami qiymati 23 mlrd. 740 mln. soʻmlik 8 ta loyiha aniqlandi. Ushbu loyihalar asosida tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan 8 mlrd. 705 mln. soʻm, bank krediti hisobidan 15 mlrd. 035 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratish koʻzda tutilgandi. Hozirgi kunga qadar 7 ta loyiha uchun 5mlrd. 035 mln. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.

Jumladan, Romitan tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkor “Muhammadziyo Ozodbek Zamini” fermer xoʻjaligi tomonidan quyonchilik agrofirmasi tashkil etilib, Rossiyadan 600 bosh «Xikkol» zotli quyonlar olib kelindi. Agrofirmaga 1 mlrd. 600 mln. soʻm kredit mablagʻi ajratilib, ushbu mablagʻlar qurilish va taʼmirlash ishlariga, quyon sotib olishga, quyon ozuqasi va boshqa xarajatlarga sarflandi. Agrofirmada qoʻshimcha tarzda yana 10 ta yangi ishchi oʻrinlari tashkil qilindi. Eʼtiborlisi, bu yerda joriy yil yakuniga qadar quyonlar bosh sonini 25 000 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Romitan Shoʻrcha quyonlari” MCHJga ham Rossiyadan 200 bosh «Xikkol» zotli quyonlar olib kelindi. Mazkur jamiyatga berilgan 1 mlrd. 280 mln. soʻm kredit ham qurilish va taʼmirlash uchun, quyon sotib olishga, quyon qafaslariga, quyon ozuqasi va boshqa xarajatlarga sarflandi. Jamiyat jamoasi ham 2020-yil yakuniga qadar quyonlar bosh sonini 8 000 taga yetkazishni maqsad qilishgan.

Viloyatda 2020-yilning oʻtgan davrida quyonchilik bilan shugʻullanish istagidagi jismoniy shaxslarga 1 mlrd. 630 mln. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi va 81 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Bundan tashqari, hududda joriy yilning oxiriga qadar 400,0 mln. soʻm kredit hisobiga 570 ta xonadonga 10 boshdan jami 5 700 bosh ona quyon tarqatish rejalashtirilgan. 

Qisqa qilib aytganda, 2020-yil yakuniga qadar viloyatdagi agrofirmalar va aholi xonadonlariga 15 mlrd. 400 mln. soʻmlik mablagʻlar hisobiga quyonlar sonini 43 500 boshga yetkazish hamda 84 tonna quyon goʻshti va 43 500 dona quyon terisi olish moʻljallangan. Yana bir eʼtiborga molik jihat, mazkur ishlarlar natijasida 600 ta kishining bandligi taʼminlanadi.

Bank axborot xizmati.

Reklama huquqi asosida

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?