Buxoroda qariyb 250 nafar oʻqituvchida koronavirus aniqlangan

20:34 13 Sentyabr 2020 Jamiyat
415 0

Bugun Buxoro viloyat hokimligi qoshida Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Dilfuza Mustafoyeva ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Brifingda viloyat xalq taʼlimi boshqarma boshligʻi maktab oʻqituvchilari va texnik xodimlardan olingan test natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra hozirga qadar viloyatdagi 18831 nafar oʻqituvchi va texnik xodimlardan test olingan boʻlib, ulardan 239 tasida koronavirus aniqlangan. Bu viloyatdagi 70 ta maktabda yaqin orada maktablar ochilmasligini anglatadi. Tuman va shaharlar kesimida test natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

Buxoro shahardagi 3259 nafardan 46 tasida

Kogon shahardagi 666 nafardan 11 tasida

Olot tumanidagi 1237 nafardan 23 tasida

Buxoro tumanidagi 1843 nafardan 22 tasida

Vobkent tumanidagi 1903 nafardan 33 tasida

Qorakoʻl tumanidagi 1575 nafardan 20 tasida

Peshku tumanidagi 855 nafardan 29 tasida

Romitan tumanidagi 1860 nafardan 15 tasida

Kogon tumanidagi 9055 nafardan 9 tasida

Gʻijduvon tumanidagi 2608 nafardan 10 tasida

Qorovulbozor tumanidagi 385 nafardan 7 nafarida

Jondor tumanidagi 857 nafardan 8 tasida

Shofirkon tumanidagi 828 nafardan 5 tasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi maʼlum boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida hozirgi kunga qadar 28053 nafar oʻqituvchilardan 18831 tasidan test olingan boʻlib, bu umumiy hisobda 67,1 % ni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?