Buxoroda mahalla fuqarolar yigʻini raisi pora olayotganda ushlandi

13:32 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
442 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro tumani “S” MFY raisi A.E. egallab turgan xizmat mavqeidan foydalanib, MFY mutaxassisi L.A. bilan oldindan til biriktirib, “J.Sh.” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi J.B.ni uning fermer xoʻjaligi ekspert rejasini bajarmasa, unga ajratilgan yer maydonlarini olib qoʻyilishi haqida aytib, ekspert boʻyicha rejasini Buxoro tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali bajartirib berish evaziga 800 AQSH dollari talab qilib, MFY mutaxassisi L.A. orqali 600 AQSH dollari va 1,9 mln. soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan “S” MFY raisi A.E. va mutaxassis L.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?