Buxoroda kuniga 10 ming sayyohni qabul qila oladigan infratuzilma obyektlari yaratiladi

10:40 22 Fevral 2019 Welcome to uzbekistan
417 0

Said Rahmonov, Istam Ibrohimov, “Xalq soʻzi ONLINE” xabar qiladi.

Bu haqda I Xalqaro ziyorat turizmi forumining ochilish marosimida soʻzga chiqqan Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev aytib oʻtdi.

Uning taʼkidlashicha, ayni paytda 60 ga yaqin mehmonxonalar hamda boshqa infratuzilma obyektlarining qurilishi jadal davom ettirilmoqda.

Bu bejiz emas, albatta. Chunki bu yerga keluvchi sayyohlar tobora ortmoqda. Ular orasida chet ellik mehmonlar, ayniqsa, ziyorat turizmi ishtirokchilari koʻpligi eʼtiborga molikdir. Shu bois islom diniga eʼtiqod qiluvchilarga ibodat qilish uchun qulay shart-sharoit yaratishga eʼtibor qaratilyapti. Xususan, mehmonxonalar qibla koʻrsatkichlari, joynamoz bilan taʼminlanayotgan boʻlsa, xalqaro aeroportlar, temir yoʻl vokzallarida ibodat uchun maxsus xonalar tashkil etilmoqda.

Bu saʼy-harakatlar zamirida yiliga dunyoga boʻyicha ziyorat turizmiga chiqayotgan 300 — 350 million nafar sayyohlarning aksariyat qismini Oʻzbekistonga jalb qilish maqsadi yotibdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?