Buxoroda koʻp miqdordagi firibgarlik aniqlandi

16:26 29 May 2020 Jamiyat
255 0

2020-yilning fevral oyi boshlaridan 2020-yil 3-mart kuniga qadar boʻlgan vaqt davomida fuqaro 53 yoshli I.Q. 29 yoshli Z.T.ning ishonchiga kirib, unga “arzon narxda rangli metall olib beraman” deb aldab, undan Gʻijduvon tuman “Armechan” MFY hududida jami boʻlib 107.000.000 soʻm miqdoridagi pullarni olib, ehtiyojlariga sarflab yuborib, oʻziga bildirilgan ishonchni suiisteʼmol qilib, Z.T.ga 107.000.000 soʻmlik koʻp miqdordagi moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Gʻijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (koʻp miqdordagi firibgarlik) bilan ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?