Buxoroda Xalqaro motohavaskorlar festivali oʻtkazildi

13:08 05 Oktyabr 2020 Welcome to uzbekistan
234 0

2-4-oktyabr kunlari Buxoro shahrida II xalqaro motohavaskorlar festivali oʻtkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Tadbirda 80 nafardan ortiq motohavaskor ishtirok etdi.

Moto-marafon 2-oktyabr kuni soat 9:30 da “Asia Bukhara” mehmonxonasi oldidan yoʻlga chiqdi. Havaskor ishtirokchilar kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor manzillari boʻylab sayohatda boʻlib, “Bahouddin Naqshband” ziyoratgohi, “Mohi-xossa” yozgi saroyi hamda “Poyi Kalon” majmuasiga bordi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Buxoro viloyat departamenti tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur moto-marafon viloyat hokimligi va viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼullari hamkorligida xavfsiz va yuqori saviyada tashkillashtirildi.

Taʼkidlash joizki, baykerlar shousi Buxoroda ikkinchi marotaba oʻtkazildi. Kelgusida festivalni anʼanaviy tarzda tashkil etib borish rejalashtirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?