Buxoroda hovuzga choʻkkan bolani milliy gvardiya xodimi qutqarib qoldi

19:10 02 Iyul 2019 Jamiyat
375 0

Illyustrativ foto

Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan “Bahouddin Naqshband” yodgorlik masjidiga hamda markaziga qarashli “Bibi Orifa” masjidini ziyorat qilishga tashrif buyurgan andijonlik oilaning 8 yoshli farzandi ota-ona qarovisiz qoldirilgani oqibatida masjid hovlisida joylashgan hovuzga tushib ketadi. 

Choʻkishiga oz qolgan bir vaqtda, shu kuni xizmatda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimi D.Xoʻjayev zudlik bilan, aniqroq qilib aytganda 40 soniya ichida bolani qutqarib qoldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?