Buxoroda har biri ellik kilogramm tosh bosadigan qovoq yetishtirilmoqda

15:55 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
605 0
Arxiv foto

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Istam Ibrohimov/Buxoro. Ellik kilo tosh bosadigan oshqovoq. “Agro Business Bukhara” xalqaro forumi qatnashchilari hayratiga sabab boʻldi

Buxoroda boʻlib oʻtgan xalqaro forum ishtirokchilari Buxoro tumanidagi “Madaniyat, Muhammad, Ismat” fermer xoʻjaligida boʻlishganida bu yerda yetishtirilayotgan shirin-shakar qovunlar, asaldek totli uzumlar, olxoʻrilar va har biri ellik kilogrammgacha tosh bosadigan oshqovoqni koʻrib chinakamiga hayratda qoldilar.

“Yeringiz jannatning bir boʻlagi. Bizda ayniqsa, Buxoro olusi juda qadrlanadi.Juda mazali. Biz meva-cheva eksporti boʻyicha oʻzaro hamkorlikni kengaytirishdan mamnunmiz”, - deydi Eronning “Delta grupp” kompaniyasi vakili Said Abbos Karbosiy.

Ikki kun davom etgan forum davomida AQSH, Hindiston, Belgiya, Fransiya,Turkiya, Eron, Singapur, Isroil singari qator davlatlarning 120 dan ziyod kompaniyalari vakillari “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar, ularga sarmoya kiritish, hamkorlikda zamonaviy issiqxonalar barpo etish, ular uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, mahsulotni eksportga yoʻnaltirish kabi maqsadlar koʻzda tutilgan shartnomalar imzoladilar.

Forum Prezidentimiz tomonidan shu yilning 10 iyulida qabul qilingan “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosi doirasida tashkil etilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?