Buxoroda gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok boʻldi

11:49 18 Sentyabr 2018 Jamiyat
1030 0
Halokatga uchragan avtobus / Foto: “Xalq soʻzi”

Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan oʻtuvchi Buxoro-“Qorovulbozor” magistral yoʻlida 26 nafar yoʻlovchisi boʻlgan avtobusning yoʻl transport halokatiga uchrashi va gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi.

5 nafar ogʻir bemor RSHTYOIM Buxoro filialiga yotqizildi. 7 nafar bemorning ahvoli oʻrta ogʻirlikda, 9 nafarining ahvoli yengil boʻlib, ular Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga yotqizilgan.

Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam koʻrsatish uchun barcha zaruriy choralar koʻrilib, RSHTYOIM dan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviyatsiya tarmogʻi orqali yuborildi.

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanmoqda.

Avtohalokat sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?