Buxoroda bosh shifokor 200 milliondan ortiq mablagʻni talon-toroj qildi

22:22 22 May 2020 Jamiyat
202 0

Buxoro viloyatida Moliya vazirligi tomonidan inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga ajratilgan 200 mln soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlari talon-taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markaziga pandemiya sharoitida dezinfeksiya vositalarini xarid qilishda mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib beruvchi korxonalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish imkoniyati berildi.

Shunga qaramay, markaz bosh vrachi B.B. va vrach-dezinfeksionisti A.H. oldindan til biriktirib, A.H.ning oʻzi taʼsischi boʻlgan “V-S” MCHJ orqali 395,4 mln soʻmlik 14,9 tonna gipoxlorid kalsiy dezinfeksiya vositasini 600 mln soʻmga, yaʼni 204,6 mln soʻmga qimmat narxda xarid qilganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida bosh vrach B.B. tomonidan 202,5 mln soʻm zarar qoplangan.

Mazkur holat yuzasidan B.B. va A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?