Buxoroda avtobus haydovchi uxlab qolgani uchun YTHga uchragani maʼlum boʻldi

16:12 06 Avgust 2019 Jamiyat
303 0

Illyustrativ foto

Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2019-yil 4-avgust kuni taxminan soat 18:30 larda Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahri, Sovetskoy koʻchasi, 88-uyda yashovchi, 1978-yil 6-martda Qozogʻiston Respublikasida tugʻilgan, millati qozoq, maʼlumoti oʻrta, “Yug Trans Layn” jamiyatida haydovchi boʻlib ishlovchi Aliyev Rustamjon Anvarovich boshqaruvida boʻlgan “VANHOOL” rusumli, KZ 545 APV 13 davlat raqam belgili avtobus ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Jondor tumani, Luqmon MFYga qarashli choʻl massivi hududidan oʻtuvchi A-380 halqaro ahamiyatdagi yoʻl boʻylab Buxoro – Xorazm (Almata – Nukus) yoʻnalishida harakat qilayotgan mazkur avtobus haydovchisi ushbu yoʻlning 299-kilometrida uyqu elitishi natijasida boshqaruvni yoʻqotgan. Oqibatda avtobus yoʻlning chap tomoniga agʻdarilgan.

Natijada avtobusda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, Qoraqalpoq koʻchasi, 36-uyda yashagan, voyaga yetmagan, 2008-yil 11-iyunda tugʻilgan, Nukus shahridagi 31-maktabning 4-sinfini tamomlagan Umurzakova Aray Saparbayevna voqea joyida vafot etgan.

Avtobusda 2 nafar haydovchi bilan birgalikda jami 46 nafar fuqarolar boʻlgan (ularning 13 nafari Qozogʻiston, 33 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridir).

Avtobusda boʻlgan 12 nafar yoʻlovchi hodisa sodir boʻlganidan soʻng yoʻlovchi transportlarida yashash manzillariga ketib qolgan. Hozirda ushbu fuqarolarni shaxsini aniqlash boʻyicha tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi I.Narziyevning maʼlum qilishicha, jabrlangan fuqarolar zudlik bilan Gazli shaharchasi shifoxonasiga yetkazilgan. Bu yerda ularga zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?