Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun soliq imtiyozlari joriy etildi

17:09 16 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
846 0

Prezidentimizning 2018 yil 11 oktyabrdagi “Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3965-sonli Qaroriga asosan Buxoro viloyatida davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, kichik sanoat zonalari hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi tomonidan maʼlum qilinishicha, Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari direksiyasi va ishtirokchilariga 2020 yilning 1 noyabriga qadar ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer soligʻining belgilangan eng kam miqdori – uch baravardan kam boʻlmagan yagona soliq toʻlovi boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablar tatbiq etilmasligi belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?