Buxoro viloyati hokimi nega Toshkentda davolanmoqda?

11:11 01 Avgust 2020 Jamiyat
351 0

Viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda joriy yilning 25-iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Shu kundan boshlab viloyat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida muolaja olishni boshlagan. (Agar Karim Kamolov mahalliy shifokorlar va shifoxonalarga ishonchi boʻlmaganida oʻsha zahotiyoq poytaxtga borgan boʻlardi).

Amaldagi qonunchilikka koʻra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi Tibbiyot Bosh boshqarmasi roʻyxatida turib, zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida. Shunga muvofiq, ushbu Tibbiyot Bosh boshqarmasining talabiga koʻra Karim Kamolov 29-iyul kuni davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga koʻchirib oʻtkazildi.

Viloyat hokimi oʻtgan 3 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan sogʻliqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini oʻtamoqda.

Karim Kamolovning ahvoli yaxshi. U yaqin kunlarda toʻliq tuzalib, oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?