Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida tonnalab bugʻdoyni talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi

11:59 01 Avgust 2020 Jamiyat
333 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Buxoro viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Kogondonmahsulotlari» AJga qarashli Qorovulbozor tuman don qabul qilish maskani ombor mudiri N.B.ning javobgarligida boʻlgan 120,7 mln soʻmlik jami 77,9 ming kg. bugʻdoyning kamomadiga yoʻl qoʻyganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kabi, Vobkent tuman don qabul qilish maskani ombor mudiri J.X. moddiy javobgar shaxs boʻla turib, omborda saqlab kelinayotgan jami 
27,5 ming kg bugʻdoyni 78,4 mln soʻmga sotib yuborib, unga ishonib topshirilgan mulkni talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudiri N.B. va J.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 167-moddasi 2-qismi «a,g» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Qashqadaryo viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa «Dunyo-M» AJ agronomi X.Z. va sex boshligʻi M.R.lar oʻzaro til biriktirib, fuqaro Yu.A.ga har bir kilogramm bugʻdoyni 2,9 ming soʻmdan hisoblab, jami 95 ming kg.ni 275,6 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, noqonuniy ravishda sotilgan 95 ming kg bugʻdoyning 65,9 ming kg.ni guyoki, jamiyatga qarashli «Shayxali» qoʻrgʻonchasidagi elevatorga topshirilganligi haqida soxta yozuvlar kiritish orqali jinoyatni yashirishga urinishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?