Buxoro shahrida ichki ishlar organlarining 30 nafar xodimiga uy topshirildi

Yaqinda Buxoro shahrida ichki ishlar organlarining 30 nafar xodimiga loyiha-smeta qiymati 4 milliard soʻmlik boʻlgan besh qavatli uy foydalanishga topshirildi.
Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Quvvat Yarashov maʼlum qildi.
Shu munosabat bilan uyushtirilgan tantanali tadbirda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, osoyishtalik posbonlari hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Anjumanda soʻzga chiqqan Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev ichki ishlar idoralari faoliyatini isloh qilish doirasida tizimni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash orqali ularning ijtimoiy muhofazasiga ham alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Bildirilishicha, oʻtgan 2018 yilda viloyatda 371 nafar profilaktika inspektori xizmat uylari va imtiyozli kreditlar asosida shaxsiy yengil avtomashina bilan taʼminlangan.
- Yangi yilning ilk kunida uch xonali uy kalitiga ega boʻldim, - deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati bataloni xodimi, safdor Ilyos Hamroyev. - Toʻqqiz yildan buyon oilam bilan ijarada yashab kelardim. Ochigʻi, bunday sharoitda hayot kechirish oson emas edi. Bugun esa barcha qulaylikka ega oʻz uyimiz bor.
Yangi uylar umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud hududda joylashgan.
2019 yilning mart oyida ichki ishlar organlari xodimlari uchun yana 30 ta kvartiradan iborat 5 qavatli uy foydalanishga topshiriladi. Ayni paytda ushbu obyektda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Oʻtgan yilning 30 dekabr kuni Buxoro shahrida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun 90 ta oilaga moʻljallangan besh qavatli uy ham foydalanishga topshirilgan edi.
Laylo HAYITOVA.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: