Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchilari pora bilan qo‘lga tushdi

19:54 18 Iyul 2018 Jamiyat
1124 0
Foto: Buxoro IIB

Buxoro shahrida yashovchi ayol Buxoro viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza orqali murojaat qilib, Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ishlaydigan “Ibod” ismli o‘qituvchi qizi Sh. Karimovani ushbu institut qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kiritish evaziga 300 AQSH dollari pora talab qilyotganligini ma’lum qilgan.

Buxoro viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda viloyat IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida 1983 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi Sohibov Ibodullo Adizmurodovich hamda uning sherigi 1981 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan hozirda Buxoro muhandislik-texnologiya institutida mashinasozlik fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan Barakayev Faxriddin Najmiddinovich Buxoro shahridagi “Turon” to‘yxonasi oldida joylashgan oshxonada arizachidan 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Buxoro viloyat IIB xabariga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?