BuxDTI Germaniya universiteti bilan giyohvandlik va uni davolash sohasida ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi

13:46 17 May 2020 Jamiyat
198 0

Buxoro davlat tibbiyot institutida 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Frankfurt amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtiriladigan “Giyohvandlikka tobelikni davolashda ijtimoiy hamkorlik va NNTlarni rivojlantirish (SOLID – Social work and strengthening of NGOs in development cooperation to treat drug addiction) loyihasi doirasida uch nafar PhD hamda bir nafar tadqiqotchi (Post-doc) tayyorlanadi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha Frankfurt amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda XXR tibbiyot OTMlari oʻrtasida amalga oshirilib, har bir mamlakatda uch nafardan doktorantura (PhD) hamda bir nafardan tadqiqotchilarni (Post-doc) tayyorlashni nazarda tutadi.

Loyiha doirasida giyohvandlik va uni davolash sohasida hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish, ushbu yoʻnalishda bakalavr hamda magistratura (klinik ordinatura) talabalari uchun oʻquv dasturi hamda elektron platforma ishlab chiqiladi.

BuxDTI va Germaniya universiteti oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, nomzodlar tanlov asosida tanlab olinadi va dasturni muvaffaqiyatli tugatgan izlanuvchilarga Frankfurt amaliy fanlar universitetining PhD darajasi beriladi.

Loyihaning barcha xarajatlari Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan qoplanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?