Bugundan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim kuchga kirdi

18:21 22 May 2020 Jamiyat
245 0

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 2019-yil 15-aprel kuni Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim 2020-yil 22-maydan kuchga kirdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Hujjat noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, ikki davlatning hududida noqonuniy boʻlib turgan shaxslarni aniqlash va roʻyxatga olish boʻyicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Qayd etilgan Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonning yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bitimda, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida maʼlumot va tajriba almashish, Tomonlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish hamda qoʻshma tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Hujjatning toʻliq matni bilan www.lex.uz saytida ti

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?