Bugundan boshlab taksichilar uchun qanday yangiliklar kuchga kiradi?

18:26 01 Iyul 2019 Jamiyat
436 0

Mazkur savolga “Huquqiy axborot” kanali javob beradi.

1-iyuldan, yaʼni bugundan boshlab kira qilish uchun mashinani boʻyash shart emas. Yoʻnalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun (viloyatlarda sariq va Toshkent shahrida fil suyagi rangi) oʻzi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, ularni boʻyash shart emas.

Yoʻnalishsiz taksilar avtobuslar uchun ajratilgan maxsus harakat yoʻnalishida harakatlanishi hamda “Toʻxtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida toʻxtashi mumkin.

Xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?