Bugundan boshlab Oʻzbekiston fuqaroligini olish uchun davlat tilini bilish shart boʻladi

16:28 15 Sentyabr 2020 Siyosat
201 0

Bugun, 15-sentyabrdan boshlab “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi. Qonun 2020-yil 13-mart kuni imzolangan va oradan 6 oy oʻtgach kuchga kirishi belgilangan edi.

Qonunga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishning quyidagi turlari mavjud:

— umumiy tartib;

— soddalashtirilgan tartib;

— alohida tartib.

Mazkur qonunda avvalgisidan farqli oʻlaroq “vatandosh” degan tushuncha kiritilgan boʻlib, unga koʻra chet davlat fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanadi.

Shuningdek, qonun bilan Oʻzbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida ariza topshirgan shaxsning davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishi ham kiritilgan.

Bundan tashqari qonunda Oʻzbekiston fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish, fuqarolikni tiklash va tugatish, fuqarolikdan chiqish hamda fuqarolikni yoʻqotish asoslari ham belgilab qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?