Bugundan banklar dollarni 9200 soʻmdan sota boshladi

10:48 19 Avgust 2019 Jamiyat
86 0

19-avgust, yaʼni bugundan boshlab Oʻzbekistondagi banklar dollarni 9200 soʻmdan sotishni, 9100-9170 soʻmdan sotib olishni boshladi, deb xabar berdi Spot. Oxirgi uch kunda ushbu valyuta kursi kamida 100 soʻmga qimmatlashdi.

Birjada ham dollar oʻsib boryapti. Oʻzbekiston valyuta birjasidagi 16-avgust kungi savdo yakunlariga koʻra dollar 9084 soʻmdan baholandi. Bu 15-avgustdagiga nisbatan 23 soʻm koʻpdir. Savdo hajmi 123 mln. dollarga yetgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?