Bugun jahon chempionatida “Sariq devlar” va Azarning taqdiri hal bo‘ladi

12:03 02 Iyul 2018 Sport
1609 0
Фото: AFP

Shu kunlarda Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘zining kutilmagan natijalari bilan nafaqat muxlisu mutaxassislar, balki millionlar o‘yinidan ancha uzoqda bo‘lgan insonlarni ham hayratga solmoqda. Sababi oddiy. Musobaqaning asosiy favoritlari sanalgan Germaniya guruhda qolib ketgan bo‘lsa, Argentina, Portugaliya, Ispaniya nimchorakdan ortga qaytadigan bo‘ldi. Bir necha bor dunyoning eng yaxshi o‘yinchilariga aylangan argentinalik Messi va Ronaldu ham o‘z terma jamoalariga qo‘shilib, uyiga ravona bo‘ldi. Endi ular bu galgi jahon chempionatining qolgan bahslarini agar xohlashsa bevosita stadionlarda yoki oynai jahon orqali tomosha qilishlari mumkin. Agar xohlashmasa, barcha g‘am-qayg‘ularni unutib, Ispaniya premyerosining yangi mavsumi oldidan qisqa ta’til qilib olishadi.

Bugungi bellashuvlardan so‘ng ularning qatori to‘lishi mumkin. Zero, Braziliya va Belgiya tarkiblarida ham yulduzlar soni yetarlicha topiladi. Ammo Meksika va Yaponiya ham keyingi bosqichga chiqish uchun bor imkoniyatini ishga solishi aniq...

Bugun bo‘lib o‘tagan 1/8 bosqichida quyidagi juftliklar o‘zaro bahslashadi.

Braziliya – Meksika
2 iyul. Samara. “Samara Arena” stadioni. 19.00.
Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya).

Belgiya – Yaponiya
2 iyul. Rostov-na-Donu. “Rostov Arena” stadioni. 23.00.
Bosh hakam: Malang Dyediu (Senegal).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?