Bugun “Turkish Airlines” aviakompaniyasi “Istanbul — Samarqand —Istanbul” yo’nalishi bo’yicha birinchi qatnovni amalga oshirdi

14:26 16 Mart 2018 Iqtisodiyot
991 0
Foto: “O’zbekiston havo yo’llari” MAK

Samarqand xalqaro aeroportida “Turkish Airlines” aviakompaniyasi boshqaruv raisi Bilal Ekshi boshchiligidagi turk delagatsiyasini Samarqand shahar hokimiyati, O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi, Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi elchisi, “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasi xodimlari OAV vakillari karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi.

Tadbirda Samarqand shahar hokimi Furqat Raximov, “Samarqand” xalqaro aeroporti direktori Xasan Movlonov, “Turkish Airlines” aviakompaniyasi boshqaruv raisi Bilal Ekshi hamda Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Axmet Bashar Shenlar so’zga chiqib, uzoq yillardan buyon xalqlarimiz o’rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va do’stlik munosabatlarini yuksak ekanligi va aynan mana shu munosabatlar ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevori bo’lib xizmat qilishini aytib o’tdilar.

O’tgan yilning oktabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi  davomida aytib o’tganlaridek, Samarqand va Istanbul shaharlari o’rtasidagi to’g’ridan-to’gֹ’ri havo qatnovlar ikkala mamlakat o’rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va muntazam qatnovlar sonini oshirishga tayyorligini tasdiqlaydi. Bu, nafaqat savdo-iqtisodiy, investitsion hamda sayyohlik sohalarining yangi imkoniyatlarini ochishga, balki ikki davlatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tizimini soddalashtirish to’g’risidagi qabul qilingan qarori O’zbekistonga tashrif buyuruvchi turk fuqarolariga keng imkoniyatlar yaratdi.  

Xabaringiz bor, 2017 yilning 30 oktabr kunidan boshlab “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasi “Samarqand – Istanbul – Samarqand” yo’nalishi bo’yicha muntazam havo aloqalarini  boshlagan edi. Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda Samarqand shahridan haftaning dushanba va payshanba kunlari, Toshkentdan esa, har kuni Istanbulga zamonaviy havo kemalarida qatnovlar amalga oshirilmoqda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?