Bugun Toshkentning bir qator koʻchalarida avtomobillar qatnovi vaqtincha cheklanadi

01:28 24 Mart 2019 Jamiyat
517 0

Foto: Toshkent shahar IIBB sayti.

Bugun soat 9.00 dan 13.00 gacha poytaxtimizning baʼzi bir koʻchalarida avtomobillar harakati toʻxtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Navroʻz ayyomi munosabati bilan yurtimizda ilk bor oʻtkazilayotgan yarimmarafon va yoʻldosh yugurish bahslari ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi koʻchalarda qatnov cheklanmoqda.

  • Afrosiyob koʻchasi — Islom Karimov nomidagi memorial kompleksdan Oybek koʻchasigacha;
  • Oybek koʻchasi — Afrosiyob koʻchasidan Nukus koʻchasigacha;
  • Nukus koʻchasi — Oybek koʻchasidan Qodiriy koʻchasigacha;
  • Qodiriy koʻchasi — Nukus koʻchasidan Mustaqillik koʻchasigacha;
  • Mustaqillik koʻchasidan — Mirzo Ulugʻbek koʻchasigacha;
  • Mirzo Ulugʻbek koʻchasidan — Maxtumquli koʻchasigacha;
  • Maxtumquli koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek koʻchasidan Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻligacha;
  • Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻli — Maxtumquli koʻchasidan Amir Temur koʻchasigacha;
  • Amir Temur koʻchasi — Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻlidan Islom Karimov koʻchasigacha;
  • Islom Karimov koʻchasi — Amir Temur koʻchasidan Sharof Rashidov koʻchasigacha;
  • Sharof Rashidov koʻchasi — Afrosiyob koʻchasidan Navoiy va Qodiriy koʻchalari kesishmasigacha;
  • Navoiy koʻchasi — Sharof Rashidov koʻchasidan Olmazor koʻchasigacha;
  • Qodiriy koʻchasi — Sharof Rashidov koʻchasidan Olmazor koʻchasigacha;
  • Olmazor koʻchasi — Qodiriy koʻchasidan Afrosiyob koʻchasigacha (finish yugurish musobaqasi boshlangan joyda boʻladi).

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?