Bugun Senat yalpi majlisida qanday masalalar koʻrib chiqiladi?

10:46 28 Sentyabr 2018 Siyosat
1070 0
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

2018 yil 27 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi ochilgan edi.

Bugun – 28 sentyabr kuni soat 10:00 da yalpi majlisning ikkinchi ish kuni oʻz ishini boshladi.

Majlis kun tartibiga 21 masala kiritilgan boʻlib, shundan 14 tasi birinchi ish kunida koʻrib chiqilib, senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Bugun 7 masala koʻrib chiqiladi. Bular:

2018 yilgi Davlat byudjeti xarajatlariga oʻzgartishlar kiritish,

Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida,

Bosh vazir oʻrinbosari – moliya vaziri J.Qoʻchqorovga parlament soʻrovi yuborish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimovning axboroti,

Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti,

Oliy sud tarkibiga oʻzgartirish kiritishga oid masala.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?