Bugun Samarqandda 10 nafar, Toshkent shahrida 27 nafar, Xorazmda 18 nafar bemor tuzalib, sogʻayganlar soni 2213 nafarga yetdi

20:28 16 May 2020 Jamiyat
385 0

Xorazm viloyatida navbatdagi 18 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 5 nafari Xorazm viloyatidan, 2 nafardan Buxoro, Qashqadaryo, Fargʻona, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan, 1 nafardan esa Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan.Ulardan 13 nafar fuqaro Rossiyadan kelgan, jumladan, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi boʻlib, 11 nafari charter reyslar orqali yurtimizga olib kelingan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 5 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 54, yoshi kichigi esa 19 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 210 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 228 nafarga yetdi. Hozirda Xorazmda 5 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun 55 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2213 nafarga yetdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?