Bugun o‘zbekistonlik yana bir bokschi Las-Vegasda ringga ko‘tariladi

11:01 03 Avgust 2018 Sport
332 0

O‘zbekistonlik professional bokschi, jahonga mashhur Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjarbek Rahmonov bugun o‘zining navbatdagi jangida ringga ko‘tariladi.

Bokschimizga amerikalik Markus Taylor raqiblik qiladi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang Las-Vegas shahridagi “Sam’s Town Hotel & Gambling Hall”da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Rahmonov professional faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (5 tasi nokaut bilan). Bitta to‘qnashuvda esa durang qayd etgan. Taylor esa prof ringda 10 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 9tasida g‘alaba nashidasini surgan. Bitta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?