Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi muhim bellashuvlarni boshlaydi

11:43 14 Sentyabr 2018 Sport
365 0
Illyustrativ foto

Bugun tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi “Devis Kubogi” musobaqasida pley-off bahslarini boshlaydi. Vakillarimiz jahon ligasiga chiqish uchun britaniyalik tennischilarga qarshi kortga chiqishadi.

14 — 16 sentyabr kunlari oʻtkaziladigan uchrashuvlar uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga quyidagi tennischilar jalb qilingan — Denis Istomin (jahon reytingidagi oʻrni - 60), Joʻrabek Karimov (434), Sanjar Fayziyev (516), Humoyun Sultonov (536) va Farruh Doʻstov (1086).

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Dastlabki bahsda Oʻzbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin mezbonlarning ikkinchi raketkasi Daniel Evansga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv yakunlangach, mezbonlarning birinchi raketkasi Kemeron Norri bizning ikkinchi raqamli tennischimiz Joʻrabek Karimov bilan hisob-kitob qiladi.

Ertaga juftlik bahslari oʻtkaziladi. Hozircha terma jamoamiz sardori ushbu bahsga Denis Istomin va Sanjar Fayziyevni roʻyxatdan oʻtkazgan. Bugungi uchrashuvlarga qarab, juftlik bellashuvlarida oʻzgarish boʻlishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?