Bugun Oʻzbekiston MTJ Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi

12:36 21 Yanvar 2019 Sport
358 0

Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi 1/8 finalidan oʻrin olgan uchrashuvda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd“ stadionida mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (Toshkent vaqti bilan soat 19:00da) boshlanadi.

Shu paytga qadar Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi uchta oʻyin oʻtkazgan. Uchala oʻyinda ham vakillarimiz magʻlubiyatga uchrashgan.

Mazkur bahsni qatarlik hakam Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh yordam beradi.

Darvoza ortida qatarlik Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf ishlaydi. Toʻrtinchi hakam Deniya Gedara Palita — Shri-Lankadan.

Uchrashuv Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?