Bugun mamlakatimizda qolipli non narxi 2500 soʻmga koʻtarildi, yurtdoshlarimizni qiynayotgan bu muammoga mutasaddilar qanday munosabat bildiradi?

15:18 06 Noyabr 2019 Jamiyat
2241 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi respublikamizning viloyatlari va tumanlarida shu kunlarda qolipli nonning sotuvdagi narxini oʻrganishdi. Natijaga koʻra maʼlumotlar quyidagicha:

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Oltinsoy, Sherobod, Shoʻrchi,Termiz tumanlarida hamda Termiz shahrida qolipli non 1500-2000 soʻmgacha, Denov, Qumqoʻrgʻon tumanida 1500 soʻmdan, Boysun tumanida 1500-1800 soʻmgacha, Sariosiyo tumanida 1600-2000 soʻmgacha, Uzun tumanida 1200-1800 soʻm narxlarda sotilayotgani kuzatilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman va shaharlarida qolipli nonning narxlari quyidagicha baholanmoqda. Kegeyli, Moʻynoq, Qonlikoʻl, Shumanay, Amudaryo, Beruniy,Nukus tumanlarida 1500 soʻmdan, Nukus shahri, Qoraoʻzak, Chimboy, Toʻrtkoʻl tumanlarida 1500-2000 soʻmgacha, Taxtakoʻpir, Qoʻngʻirot tumanlarida 2000 soʻmdan, Ellikqalʼa tumanida 1400-1500 soʻmgacha, Xoʻjayli tumanida 1500-2500 soʻmgacha sotilayotgani maʼlum boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?