Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:38 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
335 0

Shu yilning 16-sentyabr kuni mamlakatimizda 597 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Buxoro, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida 416 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 162 nafar bemordan 45 474 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 279 nafar bemordan 469 nafari ogʻir, 259 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?