Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:17 27 Oktyabr 2020 Jamiyat
220 0

Shu yilning 27-oktyabr kuni mamlakatimizda 277 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 556 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida 289 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 65 944 nafar bemordan 63 165 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 223 nafar bemordan 274 nafari ogʻir, 74 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?