Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:41 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
155 0

Shu yilning 17-oktyabr kuni mamlakatimizda 311 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 524 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 324 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 62995 nafar bemordan 60080 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 391 nafar bemordan 313 nafari ogʻir, 95 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?