Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:50 09 Oktyabr 2020 Jamiyat
295 0

Shu yilning 9-oktyabr kuni mamlakatimizda 328 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 498 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida 354 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 60450 nafar bemordan 57 330 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 622 nafar bemordan 328 nafari ogʻir, 117 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?