Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:40 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
322 0

Shu yilning 3-oktyabr kuni mamlakatimizda 462 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, bugun 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 477 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Jizzax, Fargʻona, Navoiy, Xorazm hamda Qashqadaryo viloyatlarida 398 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 238 nafar bemordan 54 854 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 907 nafar bemordan 573 nafari ogʻir, 252 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?