Bugun koronavirus aniqlangan bemorlar haqida ma’lumot berildi

23:11 19 Sentyabr 2020 Jamiyat
337 0

Shu yilning 19 sentyabr kuni mamlakatimizda 614 holatda kasallik qayd etildi. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 626 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 992 nafar bemordan 47 271 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 294 nafar bemordan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?