Bugun koronavirus aniqlangan bemorlar haqida maʼlumot berildi

23:55 03 Avgust 2020 Jamiyat
531 0

Shu yilning 3-avgust kuni mamlakatimizda 748 holatda kasallik qayd etilgan boʻlib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun poytaxtimiz va Toshkent viloyatida 2 nafardan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Toshkent, Namangan, Navoiy hamda Fargʻona viloyatlarida jami 755 nafar bemor sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 26 301 nafar bemordan 17 262 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 65 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 880 nafar bemordan 927 nafari ogʻir, 224 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?