Bugun koronavirus aniqlangan bemorlar haqida maʼlumot berildi

23:32 29 Iyun 2020 Jamiyat
214 0

Bugun mamlakatimizda 274 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 244 nafari Karantin muassasalarida, 30 nafari aholi orasida (shundan 20 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida) aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 167 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 115 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8222 nafar bemordan 5496 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2702 nafar bemordan 19 nafari ogʻir, 6 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 40 293 nafar, statsionar karantinda esa 23 485 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?