Bugun ham koronavirusga chalingan 7 kishi vafot etdi, 132 nafar bemor oʻta ogʻir ahvolda

23:49 24 Avgust 2020 Jamiyat
274 0

Shu yilning 24-avgust kuni mamlakatimizda 402 holatda kasallik qayd etilgan boʻlib, barchasi tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Fargʻona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 564 nafar bemor sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39 348 nafar bemordan 35 551 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 517 nafar bemordan 282 nafari ogʻir, 132 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?