Bugun futbol boʻyicha Osiyo Kubogi boshlanadi

12:12 05 Yanvar 2019 Sport
680 0

Bugun 5 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida 17-Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi. Musobaqadan oʻrin olgan uchrashuvlar 4ta shaharda: Abu Dabi, Dubay, Sharja va Al-Ayn shaharlarida boʻlib oʻtadi. Tarixda birinchi marta turnirda 24ta terma jamoa ishtirok etadi.

Bugun Abu-Dabi shahridagi “Zayd Sport Siti“ oʻyingohida musobaqaning ochilish uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda mezbon BAA terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston musobaqadan oʻrin olgan dastlabki uchrashuvni 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?