Bugun Yevropa chempionlar ligasiga qurʼa tashlanadi (foto)

17:09 30 Avgust 2018 Sport
501 0

Bugun, 30 avgust kuni Monakodagi “Grimaldi Forum”da 2018/19 yilgi mavsum Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qurʼa tashlash marsoimi boʻlib oʻtadi.

Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Yangi formatga koʻra 26 klub guruh bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi. Qolgan 6 ta ishtirokchi pley-off orqali aniqlandi.

Klublarni 4 ta savatchaga ajratishadi. Birinchi savatchadan musobaqaning amaldagi gʻolibi, Yevropa ligasi gʻolibi va UYEFA koyeffitsiyentlar reytingida eng yuqorida turgan olti mamlakat chempionlari oʻrin olishadi.

Bitta mamlakat klublari bir guruhdan joy olishmaydi.

Savatchalar roʻyxati

Birinchi savatcha

“Real Madrid” (chempion)

“Atletiko” (Yevropa ligasi gʻolibi)

“Barselona”

“Bavariya”

“Manchester Siti”

“Yuventus”

“Pari Sen-Jermen”

“Lokomotiv”

Ikkinchi savatcha

“Borussiya”

“Portu”

“Manchester Yunayted”

“Shaxtyor”

“Benfika”

“Napoli”

“Tottenxem”

“Roma”

Uchinchi savatcha

“Liverpul”

“Shalke 04”

“Lion”

“Monako”

“Ayaks”

SSKA

PSV

“Valensiya”

Toʻrtinchi savatcha

“Viktoriya”

“Bryugge”

“Galatasaroy”

“Yang Boyz”

“Inter”

“Hoffenhaym”

“Srvena Zvezda”

AYEK


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?