Bugun dolzarb qonunlar va masalalar qizgʻin muhokama qilinadigan kun

09:34 28 Fevral 2020 Siyosat
198 0

Bugun, 28-fevral kuni soat 10:00da Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshlaydi.

Yalpi majlisda Senat aʼzolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalaridagi islohotlarni izchil davom ettirishga, mahalla va oila institutini mustahkamlashga, bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari hamda muhim masalalar muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Prezidentimizning sud hokimiyati faoliyatini yana-da takomillashtirish, bank xizmatlari ommabopligini oshirishga qaratilgan qarorlari hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, Xalqaro xususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi ­Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi, Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, yangi tahrirdagi “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi 2019-yil yakuni boʻyicha axboroti, Oʻzbekis­ton Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2019-yilda vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti tinglanadi, davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi va Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postlari faoliyatini oʻrganish holati yuzasidan ­Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqiladi, muhokamalardan oʻtkaziladi.

Ushbu dolzarb jarayonlarni saytimiz orqali yoritib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?