Bugun chorak final. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

10:49 27 Avgust 2018 Sport
259 0

Bugun Indoneziyada XVIII Osiyo oʻyinlarining futbol musobaqalari chorak final bahslariga start beriladi. Mazkur bosqichga Oʻzbekiston terma jamoasi yetib kelganidan xabaringiz bor. Vakillarimiz bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00da Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushadi. Raqib jiddiy, lekin Ravshan Haydarov shogirdlari hamushbu keskin kechishi kutilayotgan uchrashuvda faqat gʻalaba uchun maydonga tushishi shubhasiz.

Chorak finalning qolgan oʻyinlari quyidagilardir:

14:00 – Saudiya Arabistoni – Yaponiya
17:30 – Suriya – Vetnam
17:30 – BAA – KXDR


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?